Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Iyul/2022   Hamkorlik

Yevropa tashqi harakatlar xizmati vakillari O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi

TOSHKENT, 16-iyul. /“Dunyo” AA/.  Kecha O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Yevropa tashqi harakatlar xizmati Markaziy Osiyo boshqarmasi boshlig‘i Ditmar Krissler bilan uchrashuv  bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Vazirlik maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida O‘zbekistonni mintaqaviy IT-markazga aylantirish, axborot texnologiyalari yo‘nalishini asosiy drayver soha darajasiga ko‘tarish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidlandi. Shuningdek, mamlakatimizda autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlangani qayd etildi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT-mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan taʼminlashdan iborat ekanligi taʼkidlandi.

Muloqot chog‘ida hamkorlikni yana-da jadalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sohani yana-da takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash hamda qo‘shma loyihalarni samarali davom ettirishga kelib oldi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston delegatsiyasi SHHTga aʼzo da...

Tomonlar SHHTga aʼzo davlatlarning iqtisodiy faoliyati ishtirokchilari uchun qulay muhit y...

O‘zbekistonning sut mahsulotlari sanoati...

Mamlakatimizning Kiyevdagi elchixonasida Ukraina oziq-ovqat xavfsizligi va isteʼmolchilar...

Novosibirskdan munosabat: O‘zbekiston Ko...

Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonada O‘zbekistonda olib borilayotgan konstitutsiyaviy...

So`nggi yangiliklar