28/Noyabr/2022 Dolzarb
TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) loyiha koordinatorining ofisida «Kiberdiplomatiyaga kirish» mavzusiga bag‘tshlangan ikki kunlik trening boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Treningdan maqsad kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish va axborot makonida yuzaga keladigan yangi xavf-xatar hamda tahdidlarga diplomatiya usullari bilan tezkorlikda javob berish muammolarini o‘rganishdan iborat.
O‘quvlarda Tashqi ishlar vazirligi diplomatlari, kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlar va xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirok etmoqda.