Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida

YEXHT O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi islohotlarni yuksak baholadi


VЕNA, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonning YEXHTdagi doimiy vakili, elchi Abat Fayzullayev Shvetsiyaning YEXHTdagi bag‘rikenglik va kamsitmaslik bo‘yicha vakillari Endryu Beyker, Mehmet Pachaji  va Regina Polak  bilan videokonferensiya  shaklida muloqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuv davomida diniy bag‘rikenglikni ta’minlash va kamsitishlarga qarshi kurashda YEXHT bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, YEXHT vakillari ishtirokida istiqbolda O‘zbekistonda qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish xususida ham o‘zaro fikr almashildi.
Uchrashuv doirasida so‘nggi yillarda mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, diniy erkinlikni ta’minlash, shuningdek, e’tiqod qiluvchilar huquqlarini himoya qilish va  ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik sohalarida amalga oshirilgan muhim islohotlar va qabul qilingan chora–tadbirlar taqdimoti ham o‘tkazildi.
 Xususan, ishtirokchilar yaqinda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning mazmun-mohiyati haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
 O‘zbekistonning dinlararo, madaniyatlararo, konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlash va kamsitishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashabbuslari alohida qayd etildi. Shvetsiya maxsus vakillari BMTning O‘zbekiston tashabbusi bilan 2018 yil 12 dekabr kuni qabul qilingan  «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyutsiyasi ahamiyatini e’tirof etdi.
YEXHT vakillari O‘zbekistonda so‘nggi yillarda  inson huquqlari  va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash, shuningdek, Gender tenglikka erishish sohalarida amalga  oshirilayotgan islohotlarni mamnuniyat bilan qayd etdi.
 Muzokaralar chog‘ida YEXHT tomonidan O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik va kamsitilmaslikni ta’minlash hamda Shvetsiyaning YEXHTga raisligidagi maxsus vakillari bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.
Shvetsiyaning YEXHT raisligidagi tolerantlik va kamsitmaslik bo‘yicha maxsus vakillari O‘zbekistonda bag‘rikenglikni ta’minlash va kamsitishga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishish maqsadida joriy yil kuz faslida O‘zbekistonga kelish niyatlarini bildirdi.

Mavzuga oid

Anqarada al-Xorazmiy byusti o‘rnatildi...

Turkiya poytaxti Anqarada Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy byusti o‘rnatildi. Uning rasmiy oc...

Yong‘inga qarshi uskunalar ishlab chiqar...

Bugun O‘zbekiston mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi mutaxassislari Janubiy Koreyaning «Shil...

Pokiston Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘i...

O‘zbekiston elchixonasida Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazining ijrochi dir...

So`nggi yangiliklar