Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Iyun/2021   Parlament

YEXHT PA maxsus vakili: O‘zbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik yana-da kengaytirishdan manfaatdormiz

TOSHKENT, 23-iyun. /“Dunyo” AA/. Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda parlamentlararo global hamkorlik xalqaro forumi doirasida YEXHT PAning Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston bo‘yicha maxsus vakili, Avstriya parlamenti deputati Reynxold Lopatka hamda Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.


Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida so‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani taʼkidlandi. 2018 yilda YEXHT PA ishida to‘laqonli aʼzo sifatida Oliy Majlis ishtiroki tiklandi, shuningdek, ushbu tashkilot tarkibida O‘zbekistonning doimiy delegatsiyasi tashkil etildi, bu esa keng ko‘lamli hamkorlik uchun mustahkam asos yaratdi.

Reynxold Lopatka O‘zbekistonda demokratik islohotlarning muhimligini, Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturi qonun ustuvorligini taʼminlashga va fuqarolarning asosiy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilganini taʼkidladi.

U O‘zbekiston bilan parlamentlararo hamkorlik darajasidan mamnunligini va uni yana-da kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.

Mulot davomida hamkorlikni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Bu YEXHT PAning dolzarb mintaqaviy muammolar bo‘yicha rezolyutsiyalarini O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan taklif etish, YEXHT PA ning tadbirlaridan birini O‘zbekistonda tashkil etish masalasini ishlab chiqish, shuningdek xorijiy davlatlardagi saylovlarni monitoring qilish bo‘yicha YEXHT PA missiyalarida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtirokini kuchaytirishdan iborat.

Tomonlar O‘zbekiston-Avstriya parlamentlararo aloqalarini rivojlantirish, parlamentlararo do‘stlik guruhi doirasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Mavzuga oid

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Xitoy hukumat...

Senat raisi Turkiya elchisi bilan uchras...

Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva kecha Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olga...

Senat raisi BMTning yangi doimiy muvofi...

Kecha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlas...

So`nggi yangiliklar