Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Dekabr/2022   TIV yangiliklari

YEXHT PAning 2023 yildagi kuzgi sessiyasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

TOSHKENT, 2-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kecha Lodz shahrida bo‘lib o‘tayotgan YEXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 29-majlisi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi (YEXHT PA) raisi Margarita Sederfelt bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi siysat idorasi rahbari Margarita Sederfeltni joriy yilning iyul oyida Assambleya raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari va YEXHT PA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Vladimir Norov YEXHT Parlament Assambleyasi raisiga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini qamrab olgan jadal va keng ko‘lamli demokratik islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Qayd etilganidek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy maqsadlaridan biri mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yana-da oshirishdan iborat.

2023 yilda O‘zbekistonda YEXHT PAning kuzgi sessiyasini  o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ayrim  xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Vetnamning mamlakati...

O‘zbekiston TIV rahbari vazirlar uchrash...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston bo‘yicha videokonferensaloq...

TIV: O‘zbekiston muqaddas Ramazon oyi ku...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi kunlarda Afg‘onistonda sodir etilgan terrorchi...

So`nggi yangiliklar