Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Aprel/2021   Dolzarb

YeXHTning amaldagi raisi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori hamkorlikning istiqbol li yo‘nalishlarini muhokama qildi


TOShKENT, 16 aprel. /«Dunyo» AA/. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov 14 aprel kuni Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Milliy markaz matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda inson huquqlari sohasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Milliy markaz direktori mehmonga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasini amalga oshirish borasidagi ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, gender tenglik va yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridagi faoliyat samaralari haqida to‘xtaldi.

Ann Linde O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘lgani bilan qutlab, inson huquqlariga doir tashabbuslarni ilgari surishda muvaffaqiyatlar tiladi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda olib borilayotgan gender siyosati ijtimoiy-siyosiy hayotda xotin-qizlar roli va mavqeini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Suhbatda YeXHT bilan hamkorlik va ikki tomonlama o‘zaro aloqalarning istiqboldagi imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Qo‘shma loyihalar, jumladan, institutsional rivojlanish loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mehmonlarga Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi bilan birgalikda chop etilgan yangi kitoblar taqdim etildi.

Mavzuga oid

Germaniyada «O‘zbek tilining izohli lug‘...

O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida «Nihol» o‘zbek-olmon ilmiy-madani...

Tailanddan munosabat: O‘zbekistonning Tu...

«Srinakarinvirot» universiteti siyosatshunoslik fanlari kafedrasi yetakchi xodimi Manoch A...

Yaponiya davlat prokurori: O‘zbekistonda...

professor, davlat prokurori, Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Tadqiqot va malaka oshir...

So`nggi yangiliklar