Uz / Ўз Ru En

Toshkent

06/May/2021   Madaniyat

«Yoshlar ijod saroyi» qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri negizida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri tashkil etildi


TOSHKENT, 6-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston davlat simfonik orkestrini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahar «Yoshlar ijod saroyi» qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri negizida O‘zbekiston davlat simfonik orkestri tashkil etildi.

Jahon klassik musiqasi va xor ijrochiligi sohasidagi yutuqlarni O‘zbekistonda va xorijda targ‘ib qilish, aholining jahon klassik musiqasi va xor ijrochiligiga bo‘lgan maʼnaviy ehtiyojini konsert faoliyati hamda musiqiy-maʼrifiy ishlar orqali qondirib borish, o‘z repertuarini jahon va o‘zbek bastakorlari tomonidan yaratilgan musiqiy asarlarning eng sara namunalari bilan to‘ldirish va ijro orqali boyitish orkestrning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Bundan tashqari, orkestr tomonidan mamlakatimiz aholisini simfonik musiqa sanʼatidan bahramand etish, o‘sib kelayotgan yoshlar orasida ushbu sanʼat turini keng targ‘ib maqsadida respublikaning barcha hududlarida konsert dasturlari tashkil etiladi.

«O‘zbekiston davlat simfonik orkestri» davlat muassasasining tuzilmasi tasdiqlandi.

Orkestr Yoshlar simfonik orkestrining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Orkestrning direktori va badiiy rahbari O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 Shuningdek, «O‘zbekiston davlat simfonik orkestri» davlat muassasasi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, orkestr poytaxtimizdagi «Yoshlar ijod saroyi» binosiga joylashtiriladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston «Ipak yo‘li durdonasi» xalqa...

Kecha O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov boshch...

O‘zbekiston xalqaro “Muzeylar haftaligi”...

Ozarbayjonda xalqaro “Muzeylar haftaligi” loyihasining videokonferensiya shaklidagi ochili...

Mirzo G‘olibning urdu devoni tarjimasi a...

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo tillari» kafe...

So`nggi yangiliklar