Uz / Ўз Ru En

Toshkent

21/Iyul/2020   Sport

Yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘rniga «Olympic and Paralympian Online Experiences» festivali o‘tkaziladi


TOShKENT, 21 iyul. /«Dunyo» AA/. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (XPQ) va Umumjahon Olimpiya sherigi besh kunlik yozgi festival – «Airbnb» o‘tkazilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, festivalda jahonning eng yaxshi sportchilari ishtirokida 100 ta Olimpiya va Paralimpiya onlayn uchrashuvi o‘tkaziladi.

«Olympic and Paralympian Online Experiences» deb nomlangan mazkur festival shu yili Tokioda tashkillashtirilishi kerak bo‘lgan Olimpiya o‘yinlarining boshlanish sanasi – 24 iyulda start oladi.

Festival dasturida besh kun davomida bir necha mintaqa soatlarida turli interfaol onlayn uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sport yulduzlari mazkur onlayn uchrashuvlarda ishtirok etish bo‘yicha «Airbnb»ga 22 iyuldan buyurtma qilishlari kerak.

Tomoshabinlar tanlangan onlayn uchrashuvlarni bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki takroriy tartibda «Airbnb»ning «YouTube» dagi Olimpiya va Paralimpiya kanallarida kuzatishlari mumkin.

Mavzuga oid

Kun xabari: 17 yoshli Nodirbek Abdusatto...

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati ...

O‘zbekistonda Olimpiya zaxiralari maktab...

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatin...

Badiiy gimnastikachilarimiz xalqaro turn...

Estoniyada o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha «Miss Valentine» Gran-pri musobaqasida O...

So`nggi yangiliklar