Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   Parlament

YUNESKO Parijda bo‘lib o‘tadigan «Demokratiya uchun internet» mavzusidagi Global anjumanga Qonunchilik palatasi deputatlarini taklif qildi

TOSHKENT, 30-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov YUNESKOning axborot va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha Bosh direktorining o‘rinbosari Taufik Jelassi rahbarligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Parlament quyi palatasi maʼlumotiga ko‘ra, muloqot avvalida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. 

YUNESKO vakillari iliq va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni yuqori baholadi. So‘nggi besh-olti yilda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi qiyofasi tubdan o‘zgargani, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va demokratik islohotlarning namunasi sifatida namoyon bo‘layotganini eʼtirof etdi.

Taufik Jelassi o‘z navbatida, Toshkentda «Sunʼiy intellekt, elektron boshqaruv va axborot erkinligi» mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya davlatlarda axborot sohasidagi muammolarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘lida O‘zbekiston uchun YUNESKO hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilari tomonidan Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda Prezidentimizning tegishli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekistonda axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish, axborotni erkin va moneliksiz izlash, tadqiq etish hamda tarqatishga oid yagona Axborot kodeksini ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham fikr almashildi.

Xorijiy tomon ishlab chiqilayotgan ushbu kodeks YUNESKO tomonidan ilmiy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqilishida ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Taufik Jelassi 2023 yil 21-23 fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Demokratiya uchun internet»  mavzusidagi Global anjumanga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarini taklif qildi.

 

Mavzuga oid

Ertaga Oliy Majlis Senatining navbatdagi...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi,...

Samarqandda MDH PA kengashining 54-yalpi...

Kecha Samarqand shahrida MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashining 54-yalpi majlisi b...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov Parlamentl...

So`nggi yangiliklar