Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Yanvar/2021   Madaniyat

YUNESKO: Xiva forumi - Markaziy Osiyoning umumiy madaniyati va merosini o‘rganish va ommalashtirish uchun yana bir ajoyib imkoniyat


PARIJ, 27-yanvar. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) veb-sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil  qadimiy Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” mavzusida xalqaro forum o‘tkazish tashabbusi haqida maʼlum qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forum YUNESKOning ijtimoiy va gumanitar fanlar sektori bilan hamkorlikda tashkil etilishi taʼkidlangan. Anjumanning o‘tkazish sanasi mavjud sanitariya-epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, aniqlanadi.

“YUNESKO ko‘p o‘n yilliklar davomida Markaziy Osiyoning umumiy tarixi va umumiy madaniy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha saʼy-harakatlar amalga oshirib kelmoqda. Bunday ishlar, jumladan, “Ipak yo‘li” loyihasi va “Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi” nomli ko‘p jildli kitobga kiritilgan ishlarda qamrab olingan, - deyilgan maqolada. - Bo‘lajak forum mintaqa va uning sarhadlaridan tashqarida sivilizatsiyalar shakllanishida muhim rol o‘ynagan Markaziy Osiyoning umumiy madaniyati va merosini o‘rganish hamda ommalashtirish uchun yana bir ajoyib imkoniyatdir”.

Xiva Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan qadimiy shaharlardan biri sifatida taʼlim, fan va madaniyat markazi bo‘lgani, ming yillar davomida sivilizatsiyalar beshigi bo‘lib xizmat qilgani, Ichan-Qalʼa 1990 yil YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgani qayd etilgan.

Mavzuga oid

Jahongir Qosimov: Daraxtni bir tepsang, ...

Avval xabar berganimizdek, Amerika kinematografiya sanʼati va fanlari akademiyasining Oska...

Yozuvchi Abdulla Qahhor haqida film yara...

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan, «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudi...

Frankfurt-Mayndagi O‘zbek tili va adabiy...

Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va «Humo» Germaniya-O‘...

So`nggi yangiliklar