28/Noyabr/2022 O’zbekiston dunyo nigohida
MASQAT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. So‘nggi yillar davomida zamonaviy O‘zbekiston hayotida ro‘y berayotgan muhim o‘zgarishlar, mamlakatimizda izchil hayotga tadbiq etilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ular berayotgan samaralar mavzusi O‘mon Sultonligi ommaviy axborot vositalari sahifalarida keng yoritilmoqda. Bu, shubhasiz, Sultonlikda mamlakatimizga nisbatan qiziqishning tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.
Masalan, o‘tgan hafta davomida Sultonlikda nashr etiladigan «Asdaa Oman» gazetasida ham mamlakatimiz mavzusini qamrab olgan qator xabar maqolalar eʼlon qilindi. Ushbu nashrning bosh muharriri Ali al-Hasaniy qalamiga mansub «O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev elektromobil sanoatini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi», «O‘zbekiston Prezidenti Navoiy viloyatida amalga oshiriladigan yangi loyihalar haqida so‘z yuritdi» hamda «Fransiya poytaxtida O‘zbekistonning ikkita ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda va ular kelgusi olti oy davomida Parij muzeyining asosiy diqqatga sazovor joyiga aylanadi» sarlavhali xabar-maqolalar mazkur gazetaning veb-sahifasida eʼlon qilindi. Ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
https://asdaaoman.com/الرئيس-الأوزبكي-شوكت-ميرضيائيف-يطلع-ع/
https://asdaaoman.com/الرئيس-الأوزبكي-يتحدث-عن-المشاريع-الج/
https://asdaaoman.com/إقامة-معرضين-لأوزبكستان-في-العاصمة-با/