Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/May/2021   Sayyohlik

Ziyorat sayyohligi yo‘nalishida O‘zbekiston-Malayziya hamkorligini faollashtirish masalalari muhokama qilindi


KUALA-LUMPUR, 5-may. /“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov mamlakatimizning ziyorat turizmi elchisi, Perlis shtati muftiysi Mohd Asri Bin Zaynul Obidin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda O‘zbekiston bo‘ylab ziyorat sayyohligini targ‘ib etish borasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv chog‘ida Malayziya aholisiga O‘zbekistondagi islomiy madaniy qadriyatlar va mamlakatimizning boy tarixiy merosi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yetkazish, ziyoratchi sayyohlar uchun jozibali manzil sifatida ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonni faol targ‘ib qilish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Malayziya vakillari respublikamizda pandemiya sharoitida sayyohlar xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Xususan «Uzbekistan. Safe travel guaranteed»  loyihasi  jahon andozalari asosida sayyohlar uchun yuqori darajadagi sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgani eʼtirof etildi.

Uchrashuv chog‘ida malayziyaliklarning xorijga chiqishi va chet elliklarning  mamlakatga kirishi uchun Malayziya chegaralarini ochish masalasi taxminan shu yilning oxirida, aholining 70 foizdan ko‘proq qismi emlanganidan keyin ko‘rib chiqilishi mumkinligi maʼlum qilindi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekistonni Malayziya musulmonlari uchun ziyorat maskanlari mamlakati sifatida targ‘ib qilish to‘g‘risida markaziy masjidlarda juma namozi paytida xutbalar o‘qish, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda mamlakatimizning sayyohlik salohiyati va ziyorat turizmi yo‘nalishlari haqida maqolalar nashr etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mavzuga oid

O‘zbekistonning Misrdagi turizm elchisi ...

O‘zbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov mazkur mamlakat parlam...

O‘zbekiston va Afg‘oniston tibbiyot turi...

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari - turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz ...

Gretsiya turizmda kadrlar tayyorlash soh...

O‘zbekiston Respublikasining Afinadagi Bosh konsulligi vakillari «Kanoulas Travel» sayyohl...

So`nggi yangiliklar