O'zbekiston Belarusning samarali jamoat transporti tizimi bo'yicha tajribasiga qiziqish bildirmoqda
Mart 08, 2025. 12:57 • 42 soniya
• 190
MINSK, 8-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Rahmatulla Nazarov Belarus transport va kommunikatsiyalar vaziri Aleksey Lyaxnovich bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yana-da rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Vazir Aleksey Lyaxnovich O'zbekiston va Belarus xalqaro yuk tashuvchilari uchun ruxsatnomalarni bekor qilish masalasiga e'tibor qaratib, ushbu qadam ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasining oshishiga turtki bo'lishini bildirdi.
Belarus tomoni, shuningdek, xalqaro avtomobil transporti bo'yicha Belarus-O'zbekiston qo'shma komissiyasining navbatdagi majlisini joriy yilning mart-aprel oylarida Minsk shahrida tashkil etishga tayyorligini ma'lum qildi.
Uchrashuvda xalqaro transport yo'laklarini tashkil etish bo'yicha loyihalar, Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabidan foydalanish masalalari bo'yicha ham fikr almashildi.
Belarusning samarali jamoat transporti tizimi, aeroportlar uchish-qo'nish yo'laklarini loyihalash, yo'l belgilarini qo'llash bo'yicha tajribasini O'zbekistonda tadbiq etishga e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi