O'zbekiston tuman va shaharlari hokimlaridan iborat delegatsiya Germaniyada tajriba oshirmoqda
Iyul 02, 2024. 18:23 • 44 soniya
• 350
TOSHKENT, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning bir qator tuman va shahar hokimlaridan iborat delegatsiya Germaniyaning Bavariya federal yerida xizmat safari bilan bo'lib turibdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu dastur O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Xanns Zaydel jamg'armasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Maqsad – Germaniyada davlat fuqarolik xizmati, jumladan, mahalliy boshqaruv tizimi bilan tanishish, investitsiyalarni jalb qilish, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash, kommunikatsiya va qurilish sohalarida o'zaro tajriba almashish.
Safarning ilk kunida delegatsiya a'zolari Xanns Zaydel jamg'armasi bosh kotibi janob Oliver Yorg, Myunxen tumani hokimi janob Kristofer Gobel va Yuqori Bavariya Savdo-sanoat palatasi Xalqaro, sanoat va innovatsiya masalalar bo'limining Markaziy Osiyo bo'yicha mas'ul xodimi doktor Yutta Albrext bilan uchrashdilar.
Malaka va tajriba almashishga qaratilgan safar 7-iyul kuniga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi