Logo

O'zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin

Iyul 12, 2025. 15:42 • 46 soniya

84
O'zbekistonlik hamshiralar Bahraynga ishlash uchun yuborilishi mumkin

MANAMA, 12-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Nodirjon Turg'unov (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) Bahrayn sog'liqni saqlash vaziri Jalila bint as-Sayyid Javod Hasan bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston va Bahrayn o'rtasida sog'liqni saqlash sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, mutaxassislar almashinuvini yo'lga qo'yish va yurtimiz hamshiralarini Bahraynga ishga jalb etish istiqbollari ko'rib chiqildi.


Vazir Jalila bint as-Sayyid Javod Hasan ikki qardosh mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini qayd etish barobarida, barcha yo'nalishlarda, xususan tibbiyot sohasida yanada rivojlantirish uchun ishga solinmagan salohiyat borligini bildirdi.


O'zbekistonning sog'liqni saqlash sohasida erishayotgan yutuqlari, yosh kadrlarni tayyorlash bo'yicha samarali natijalari alohida qayd etildi. Shuningdek, ushbu sohada O'zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdorlik bildirildi.


Bahrayn bilan birinchi tibbiy yordam ko'rsatish va oilaviy tibbiyot markazlarida davolash ishlarini tashkil yo'nalishida tajriba almashish xususida fikr almashildi.


Bundan tashqari, ikki mamlakat sog'liqni saqlash idoralari o'rasida anglashuv memorandumini ishlab chiqish va imzolashni jadallashtirish muhimligi ta'kidlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish