O'zbekiston delegatsiyasi Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentdagi o'rinbosari bilan uchrashdi
Mart 25, 2024. 08:32 • 49 soniya
• 141
TOKIO, 25-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston delegatsiyasi Yaponiya tashqi ishlar vazirining parlamentar o'rinbosari Yoichi Fukazava bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston boshqa mintaqalardagi davlatlarga nisbatan siyosiy va iqtisodiy barqarorligi bilan alohida ajralib turadi. Ayniqsa, so'nggi yillarda mamlakatingizda amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar natijalari tahsinga sazovor. Yaponiya O'zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi strategik sherik va yaqin hamkor davlat sifatida ko'radi. Ushbu mintaqada tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda mamlakatingiz juda muhim o'rin egallaydi" – deya qayd etadi Yoichi Fukazava.
Shuningdek, Yoichi Fukazava joriy yil mart oyida O'zbekiston TIV rahbarining Yaponiyaga tashrifini yuqori darajada o'tkazishga katta e’tibor qaratilgani, tashrif doirasidagi ikki tomonlama uchrashuvlar va qo'shma biznes-forum muvaffaqiyatli o'tkazilganini alohida ta’kidladi.
Jumladan, tashkil etilgan "O'zbekiston-Yaponiya biznes-forumi"da Yaponiya iqtisodiyotining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan 300 ga yaqin kompaniyalarning ishtirok etishi – yapon tomonining mamlakatimizga investitsiya kiritish, iqtisodiy aloqalarni kuchaytirishga bo'lgan katta qiziqishiga dalil bo'lishi ma’lum qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi