Isroil kompaniyasi O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimini monitoring va nazorat qilish bo'yicha yagona raqamli platformani joriy qilish taklifini ilgari surmoqda
Yanvar 18, 2024. 17:44 • 38 soniya
• 250
TEL-AVIV, 18-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Isroilning «Ewave MD Medical» kompaniyasi ta'sischilari Shaul Nakar va Yossi Yan bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistonda Isroil kompaniyasining yechimlariga asoslangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamdan boshlab, sog'liqni saqlash tizimini monitoring va nazorat qilish uchun yagona raqamli platformani joriy qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbarlarining aytishicha, taklif etilayotgan platforma G'arb analoglariga qaraganda O'zbekiston sharoitiga moslashtirilgan hamda o'zgaruvchan talablarga javob berish xususiyatlarga ega.
Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida «Ewave MD Medical» kompaniyasi dasturining pilot loyihasini O'zbekiston Sog'liqni saqlash, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirliklari vakillari bilan muhokama qilish va amalga oshirish haqida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi