Qatar kompaniyasi Toshkent shahrida DXSH asosida ko'p tarmoqli shifoxona qurish ishlarini boshlamoqda
Yanvar 09, 2024. 17:18 • 55 soniya
• 710
DOXA, 9 yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Doxadagi elchixonasi xodimlari Qatarning «Elegancia Healthcare» kompaniyasi tijorat ishlari bo'yicha bosh direktori Desmond Donelli bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida Qatarning mazkur kompaniyasi ishtirokida mamlakatimizda sog'liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Diplomatlar Qatar tomoniga O'zbekistonda sog'liqni saqlash sohasida, xususan aholi salomatligini saqlash, tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tibbiy xizmatlar ko'lami va sifatini oshirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi.
Qatar tomoni Toshkent shahrida 300 o'rinli zamonaviy ko'p tarmoqli shifoxonani davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida barpo etish bo'yicha birlamchi hujjatlarni joriy yanvar oyi oxiriga qadar yakunlanishini, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari esa mart oyida ishlab chiqilishi boshlanishini ma'lum qildi.
Mazkur loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida «Elegancia Healthcare» kompaniyasiga to'rt nafar o'zbek mutaxassislari ishga qabul qilinishi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, «Elegancia Healthcare» kompaniyasining «The View Hospital», «Military Medical City» va «Hopital Algero Qatari Alleman» klinikalarida o'zbekistonlik ingliz tilida erkin so'zlasha oladigan shifokor va hamshiralarni ishga qabul qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi