Logo

Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan С gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi turkumi O'zbekistonga yetkazildi

Oktabr 23, 2023. 11:02 • 47 soniya

414
Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan С gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi turkumi O'zbekistonga yetkazildi

QOHIRA, 23-oktyabr. /«Dunyo» AA/. Misr hukumati tomonidan mamlakatimiz uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan С gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasining navbatdagi turkumi Toshkentga jo'natildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ushbu loyiha O'zbekiston Prezidentining Misrga amalga oshirgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda mamlakatimiz rahbarining С Gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davlat hisobidan davolash bo'yicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

«Sofosbuvir-400mg» dori vositasining navbatdagi turkumini O'zbekistonga jo'natish bo'yicha kelishuv joriy yil 3-oktyabr kuni mamlakatimiz diplomatlarining Misr sog'likni saqlash vazirining o'rinbosari Muhammad Hasaniy bilan olib borgan samarali muzokaralari natijasidir. 

Muhammad Hasaniy muloqot chog'ida mamlakatimizda С gepatitidan davolanayotgan bemorlarga ko'mak berishni davom ettirish uchun Misr Sog'likni saqlash vazirligida joriy loyihani davom ettirishdan mamnunligini va gumanitar yordamning 16-turkumi doirasida С gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositalarini yetkazib berilishini bildirdi. 

Umumiy qiymati 38 ming 456 AQSH dollariga teng bo'lgan 3680 dona «Sofosbuvir-400mg» dori vositalari 21-oktyabr kuni Sharm ash-Shayxdan Toshkentga «UzAirways» AJ ko'magida yetkazib berildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish