Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining kelishi 2024-yilda ham davom etadi
Yanvar 21, 2024. 12:17 • 44 soniya
• 758
QOHIRA, 21-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidentining С gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo'yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko'ra, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo'lgan jami 800 ming dona С gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", B gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining beg'araz yordam sifatida berilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan.
Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo'lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.
Joriy yilning 20-yanvar kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasi yetkazib berildi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi