Saudiya Arabistoni hukumati O'zbekistonga 50 dona brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qur'oni Karim kitoblarini taqdim etdi
Fevral 02, 2024. 11:44 • 47 soniya
• 922
JIDDA, 2-fevral. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da'vat va hidoyat vazirligi O'zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligiga brayl alifbosida chop etilgan muqaddas Qur'oni Karim kitoblarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Texnik-hamkorlik va grantlar asosida qabul qilingan ushbu muborak kitoblar O'zbekiston Ko'zi ojizlar jamiyatiga taqdim etilishi nazarda tutilgan.
Mazkur beg'araz yordam shaklida berilgan kitoblar 15 ming AQSh dollariga teng.
Brayl alifbosidagi ushbu muqaddas Qur'on kitoblari tez kunlarda O'zbekistonga yetkaziladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Samarqandda rasmiy xodimlar oila a’zolarini ishga joylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston–AQSh kelishuvi imzolandi
TIV yangiliklari•Oktabr 19, 2026. 22:10
O‘zbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi
Prezident•Oktabr 19, 2026. 21:50
O‘zbekiston Prezidenti Samarqandda AQSh davlat kotibini qabul qildi
Prezident•Oktabr 19, 2026. 21:30
Misr kompaniyalari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor
Iqtisodiy diplomatiya•Oktabr 20, 2026. 10:00
Barchasi