Logo

Bugun Toshkentda O'zbekiston va Hindiston o'rtasida Ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzolandi

Sentabr 27, 2024. 19:29 • 46 soniya

306
Bugun Toshkentda O'zbekiston va Hindiston o'rtasida Ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzolandi

TOSHKENT, 27-sentabr. /"Dunyo" AA/. Bugun Toshkentda bo'lib o'tgan O'zbekiston-Hindiston biznes-forumi doirasida O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari Jamshid Xo'jayev va Hindiston moliya vaziri Nirmala Sitharaman Ikki tomonlama investitsiya shartnomasini imzoladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu hujjat xalqaro amaliyot doirasida o'zbekistonlik investorlarning Hindistonda va hindistonlik investorlarning O'zbekistonda munosib himoya qilinishini kafolatlaydi.


Shartnoma sarmoyaviy faoliyat uchun qulaylik darajasini oshiradi, investorlarning ishonchini mustahkamlaydi, o'zaro hurmatni yuksaltiradi, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli nizolarni arbitraj orqali hal qilish imkoniyatini nazarda tutgan. Hujjat, shuningdek, investitsiyalarni ekspropriatsiya qilinishining oldini oladi, shaffoflik, mablag'larning o'zaro harakati va yo'qotishlarni qoplash mexanizmlarini ta'minlaydi.


Ikki tomonlama investitsiya shartnomasining imzolanishi O'zbekiston va Hindistonning o'zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, yanada xavfsiz va barqaror investitsiya muhitini yaratish bo'yicha umumiy majburiyatlarini ifoda etdi.


Bugun imzolangan hujjat o'zaro sarmoyalar hajmini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishi, ikki davlat iqtisodiyoti va tadbirkorlik harakatiga foyda keltirishi kutilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish