O‘zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniyada sug‘urta sohasida malaka oshirdi

Fevral 12, 2026. 16:50 • 52 soniya

• 1257
O‘zbekistonlik mutaxassislar Buyuk Britaniyada sug‘urta sohasida malaka oshirdi

LONDON, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi ko‘magida Buyuk Britaniyaning “MBF Academy” tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari rahbar xodimlari uchun malaka oshirish dasturi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ishtirokchilar “Sug‘urta sohasida boshqaruv va risklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusidagi dastur doirasida sug‘urta sohasida strategik boshqaruvning ilg‘or tajribalari, korporativ xatarlarni baholash va boshqarish, savdo samaradorligini oshirish tajribasi bilan tanishdi.

Shu bilan birga, xatarlarni professional boshqarish, IFRS standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni yuritish, xalqaro standartlar va xorijiy kompaniyalar ish uslubidan xabardor bo‘ldi.

Bundan tashqari, elchixonada kurs tinglovchilari uchun diplomatik missiya vakillari ishtirokida malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish

So‘nggi yangiliklar

Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Oktabr 01, 2026. 13:00
Minskda “Millat Shavkati” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi
O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalarida•Oktabr 01, 2026. 11:30
Sietlda O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyot jarayonlari va hamkorlik istiqbollari taqdim etildi
Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi•Oktabr 01, 2026. 11:00
Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi

Barchasi