O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida kasbiy taʼlim yo‘nalishida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Iyul 31, 2026. 14:00 • 2 daq

155
O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida kasbiy taʼlim yo‘nalishida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

VARSHAVA, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi diplomatlari “Techni Schools” taʼlim muassasasi rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston texnikumlarida zamonaviy IT-taʼlim dasturlarini joriy etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, pedagoglar malakasini oshirish hamda o‘quvchilar uchun amaliyot va stajirovkalar tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida taʼlim muassasasi rahbari Artur Chishevskiy O‘zbekiston texnikumlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda bu borada tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

“Techni Schools” Varshava va Lyublin shaharlarida faoliyat yurituvchi nodavlat dasturlash texnikumlari tarmog‘i hisoblanadi. Ayni paytda muassasada 200 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda.

Mazkur texnikum 20 dan ortiq yetakchi IT-kompaniya bilan yaqindan hamkorlik qiladi. O‘quvchilarning barchasi ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydi, bitiruvchilarning 80 foizi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish