O‘zbekiston IHTTning Soliq ishlari bo‘yicha o‘zaro maʼmuriy yordam to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shildi

Iyul 17, 2026. 08:10 • 2 daq

183

PARIJ, 17-iyul. /“Dunyo” AA/. Parijdagi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) shtab-kvartirasida O‘zbekistonning Soliq ishlari bo‘yicha o‘zaro maʼmuriy yordam to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishi munosabati bilan ushbu xalqaro hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur hujjat soliq hamkorligi sohasidagi muhim ko‘p tomonlama xalqaro vositalardan biri hisoblanadi. Konvensiyaga qo‘shilish O‘zbekistonning soliq sohasidagi xalqaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishida muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, ushbu hujjat mamlakatning shaffoflikni taʼminlash, soliq tizimini takomillashtirish va axborot almashishning zamonaviy standartlarini joriy etish borasidagi izchil saʼy-harakatlarini yana-da kuchaytiradi.

Bugungi kunda 152 ta davlat aʼzo bo‘lgan ushbu Konvensiya O‘zbekiston uchun soliq sohasida maʼmuriy hamkorlikning turli shakllarini nazarda tutadi.

Jumladan, u so‘rov bo‘yicha axborot almashish, soliq maʼlumotlarini avtomatik ravishda ayirboshlash, bir vaqtning o‘zida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish va soliq majburiyatlarini undirishda o‘zaro yordam ko‘rsatishni amalga oshirish uchun keng huquqiy asos yaratadi. Bunda har bir ishtirokchi davlat bilan alohida ikki tomonlama bitimlar tuzish talab etilmaydi.

Ushbu hujjatning imzolanishi soliq organlarining institutsional salohiyatini mustahkamlash, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va transchegaraviy iqtisodiy faoliyat shaffofligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish