Logo

Jizzaxda O‘zbekiston–Vengriya ilmiy-innovatsion texnoparki ochildi

Mart 12, 2026. 11:00 • 2 daq

423
Jizzaxda O‘zbekiston–Vengriya ilmiy-innovatsion texnoparki ochildi

BUDAPESHT, 29-mart. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vengriyadagi elchixonasi diplomatlari ushbu davlat bilan akademik va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Obuda universiteti prorektori Piter Galambosh va rektor vakili Antal Nemet bilan muzokara o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi, universitetlar, sanoat kompaniyalari, startaplar va ikki mamlakat ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Jizzaxda O‘zbekiston–Vengriya ilmiy-innovatsion texnoparkining rasmiy ochilishi eʼlon qilindi.

Ushbu texnopark oliy taʼlim va fan sohasida hamkorlikni kuchaytirish, ilmiy tadqiqotlarning amaliyotdagi samaradorligini oshirish, hamkor universitetlar va sanoat o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan. U olimlar, muhandislar, tadbirkorlar va investorlar uchun platformani taʼminlab, ilmiy g‘oyalarni bozor yechimlariga aylantirish imkonini beradi.

Vengriya vakili texnoparkda o‘zbekistonlik hamkorlar faol ishtirok etishi mumkinligini taʼkidladi. Hamkorlikka innovatsion loyihalarga sarmoya kiritish, akademik tajriba almashish, malakali kadrlarni tayyorlash va ilmiy-texnologik hamkorlikning boshqa shakllari kirishi mumkin. Vengriya universitetlari O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar almashinuvi va qo‘shma ilmiy loyihalarni kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Jizzaxdagi ilmiy-innovatsion texnopark ochilishi O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasidagi strategik sheriklik ramzi bo‘lib, ikki mamlakatning kelajak avlodlar farovonligi uchun bilim va texnologiya aloqalarini rivojlantirishga intilishini ko‘rsatadi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish