Logo

Misrdan O'zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi yetkizildi

Yanvar 28, 2024. 12:35 • 33 soniya

395
Misrdan O'zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi yetkizildi

QOHIRA, 28-yanvar. /"Dunyo" AA/. Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo'lgan jami 800 ming dona C gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", B gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining berilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan edi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bugunga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo'lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.


27-yanvar kuni Misr hukumati tomonidan C gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi partiyasi yetkazib berildi. Umumiy 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish