Logo

Vengriyaning yirik qurilish kompaniyasi O'zbekiston fuqarolarini ish bilan ta'minlashga tayyor

May 25, 2024. 15:12 • 40 soniya

389
Vengriyaning yirik qurilish kompaniyasi O'zbekiston fuqarolarini ish bilan ta'minlashga tayyor

BUDAPESHT, 25-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Jahongir Xidayxo'jayev va Vengriyaning "GEOS Group Hungary" kompaniyasi direktori Yaroslav Rekunik o'rtasida onlayn formatda muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.  

Muzokaralar davomida O'zbekistondan bo'lajak mehnat migrantlarini tanlash, tayyorlash va boshqalar haqida batafsil ma'lumot berildi.


Vengriya tomoni shu yilning iyul oyidan boshlab Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan yuborilgan O'zbekistonning 30 nafar fuqarosini qurilish obyektlarida ish bilan ta'minlashga tayyorligini bildirdi.


Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Vengriya kompaniyasi o'rtasida O'zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakat qurilish obyektlarida ishga joylashtirish bo'yicha tegishli shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishildi.


"GEOS Group Hungary" kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan. Kompaniya turar-joy binolari, ofislar va savdo markazlarini qurishga ixtisoslashgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish