Logo

O‘zbekiston va Misr o‘rtasida kartoshka yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi

Fevral 09, 2026. 11:47 • 50 soniya

78
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida kartoshka yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida kartoshka yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi
O‘zbekiston va Misr o‘rtasida kartoshka yetishtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi

QOHIRA, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasining Misrga tashrifi davomida qator samarali kelishuvlarga erishildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, yurtimizning “Uzagrostar holding” va Misrning “EFC Plants Tissue Culture S.A.E” kompaniyalari o‘rtasida O‘zbekistonda kartoshkachilikni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum asosida tomonlar “in vitro” texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-innovatsion va eksport faoliyati yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli, uzoq muddatli va strategik hamkorlik olib borish yuzasidan kelishib oldi.

Bundan tashqari, mazkur kompaniya va “Bulungur Agro Star” agrokompaniyasi o‘rtasida kartoshka mini-tuganaklarini yetkazib berish va yetishtirish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Unga ko‘ra, “EFC” kompaniyasi O‘zbekistonga Misrning ilg‘or tajribasini qo‘llagan holda urug‘lik kartoshka yetishtirish uchun foydalaniladigan “Hermes” navli kartoshkaning 250 ming dona mini-tuganaklarini yetkazib beradi. Shu bilan birga, kompaniyaning uch nafar yuqori malakali mutaxassisi O‘zbekistonga jo‘natilib, hosilni yig‘ib-terib olishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni nazorat qiladi.

Ushbu kelishuvlar O‘zbekiston va Misr o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha strategik hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish