Logo

Rostov-Don shahar Transport departamenti O'zbekistondan malakali haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

Mart 10, 2025. 10:14 • 45 soniya

259
Rostov-Don shahar Transport departamenti O'zbekistondan malakali haydovchilarni ishga taklif qilmoqda

ROSTOV-DON, 10-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rostov-Don shahar Transport departamenti direktori Vadim Shkabarnya va hududdagi yirik transport kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Rossiya tomoni Rostov-Don shahar Transport departamenti faoliyati va korxonalar xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imtiyozlar haqida ma'lumot berdi.

Ish beruvchilarning ta'kidlashicha, korxonada jami 650-700 ta yo'lovchi avtobusi mavjud bo'lib, avtobus haydovchilarining yetishmasligi 40 foizni tashkil etyapti. Xususan, hozirgi kunda "D" toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lgan 100 nafar haydovchini ishga olish rejalashtirilgan.

Rossiya vakillari O'zbekistondan kelib ishlayotganlar haqida ijobiy fikr bildirdi. Shuningdek, taklif etilayotgan bo'sh ish o'rinlariga O'zbekiston fuqarolarini jalb qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

Bosh konsulxona xodimlari Rossiya tomonini O'zbekiston fuqarolarini xorijda qonuniy asosda ishga jalb qilish tartibi va shartlari bilan tanishtirdilar.

Uchrashuv yakunida xorijiy ish beruvchi bilan tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish