Latviyada og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Fevral 10, 2025. 09:31 • 45 soniya
• 134
RIGA, 10-fevral. /"Dunyo" AA/. Latviyaga ishlash maqsadida kelgan va og'ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O'zbekiston elchixonasi xodimlari ko'magida oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo " AA muxbiri.
Vatandoshimiz M.V. o'tgan yili ishlash maqsadida Riga shahriga kelgan. Ammo, sog'lig'ida kuzatilgan muammolar sababli shu yil yanvar oyi o'rtalarida Riga shahridagi shifoxonalardan biriga davolanish maqsadida joylashtirilgan.
Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz O'zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, vatanga qaytish va shifoxona bilan yuzaga kelgan muammolarni hal etishda amaliy yordam berishni so'rab murojaat qildi.
Diplomatlar shifoxona mas'ullari bilan uchrashuv o'tkazib, barcha muammolarni hal etish bo'yicha kelishib oldilar. Shuningdek, hamyurtimizning O'zbekistonga qaytishi bilan bog'liq hujjatlarni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Bemorning davolanishi va vatanga qaytishi bilan bog'liq xarajatlar mamlakatimiz elchixonasi hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti Riga ofisi ko'magida ijobiy hal etildi.
Yurtdoshimiz "Uzbekistan Airways" milliy aviakompaniyasining "Riga-Toshkent" yo'nalishidagi samolyoti bilan O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Xorvatiya va Serbiyada bo‘lib turgan yoki ketayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi