Rossiyaning Rostov-Don viloyatidagi korxona O'zbekistondan 100 nafar kishini ish bilan ta'minlash taklifini bildirdi
Avgust 11, 2025. 09:49 • 44 soniya
• 155
ROSTOV-DON, 11-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Indyushkin dvor" korxonasi rahbarlari bilan muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida Rossiya tomoni korxona faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar haqida so'zlab berdi. Ma'lum qilinishicha, "Indyushkin dvor" korxonasi kurka go'shti ishlab chiqaradi va mahsulotlar 18 ta davlatga eksport qilinadi. Korxonada 150 nafar xorijlik ishchi faoliyat yuritadi, ulardan 26 nafari O'zbekiston fuqarolaridir. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Shu sababli, bugungi kunda 100 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud.
Rossiya vakillari mazkur bo'sh ish o'rinlariga O'zbekiston fuqarolarini jalb etishga tayyorligini bildirdi.
O'zbekiston diplomatlari mamlakatimizdan ishchi kuchini uyushgan holda jalb qilish tartibi va shartlari haqida to'xtaldilar. Shuningdek, mazkur yo'nalishdagi hamkorlikni batafsil muhokama qilish uchun O'zbekistonning tegishli organlari bilan muloqot uyushtirilishi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi