Niderlandiyaning yetakchi rekruting agentligi bilan migratsiya sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlari muhokama qilindi
Fevral 10, 2025. 11:02 • 2 daq
• 1263
AMSTERDAM, 10-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilov Niderlandiyaning "EuroTalents" rekruting agentligi direktori Tommi Kok va agentlik hammuassisi Ticho Saul bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar chog'ida O'zbekistondan Niderlandiyaga ishchi kuchini jalb qilish, shuningdek, O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va "EuroTalents" rekruting agentligi o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalalari muhokama qilindi.
Niderlandiya vakillariga O'zbekistonda mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan islohotlar, migratsiyani tartibga solishga oid mamlakat rahbariyati tomonidan qabul qilingan qarorlar to'g'risida ma'lumotlar berildi. O'zbekiston Prezidentining 2024-yil 17-oktyabrdagi "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorining mazmun-mohiyatiga alohida e'tibor qaratildi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasi Yevropa davlatlari va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishi ekanligi qayd etildi. O'zbekiston bu borada Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Isroil, Kanada, Polsha, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi xorijiy sheriklar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'ygani ta'kidlandi.
O'zbekiston bilan logistika va transport, qurilish va infratuzilmani rivojlantirish, texnologiya, mehmonxona biznesi va tibbiyot kabi sohalarda mehnat resurslarini jalb qilish sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
EuroTalents" rekruting agentligi rahbariyatining aytishicha, Benilyuks mamlakatlaridagi kompaniyalar xorijiy ishchi kuchini faqat qonuniy asosda yollashini qayd etdi. Ta'kidlanishicha, agentlik xorijiy fuqarolarni yollash jarayonining barcha bosqichlari, jumladan, shartnomalar tuzish, ish haqi, uy-joy bilan ta'minlash va qonunchilikka rioya qilish, kadrlarga bo'lgan ehtiyojni hal etishga yaqindan ko'maklashadi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning barcha tafsilotlarini muhokama qilish maqsadida O'zbekiston Migratsiya agentligi va "EuroTalents" rekruting agentligi" rahbariyati o'rtasida onlayn muzokaralar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Bokuda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Sankt-Peterburgda vatandoshlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi