O'zbekiston turizm brendining Rossiyadagi elchisi tayinlandi
Oktabr 22, 2025. 17:57 • 42 soniya
• 136
NOVOSIBIRK, 22-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Rossiya Fanlar akademiyasining Novosibirsk shahridagi Sibir bo'limining Davlat ommaviy ilmiy-texnik kutubxonasi direktori Irina Lizunova O'zbekiston turizm brendining Rossiya Federatsiyasidagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kutubxonada o'tkazilgan tantanali marosimda Irina Lizunovaga O'zbekiston turizm brendining Rossiya Federatsiyasidagi elchisi sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
Novosibirsk vakilasiga O'zbekiston turizm elchisi unvoni birinchi marta berilishi alohida e'tiborga molik. U O'zbekiston bilan Sibir poytaxti o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va yana-da takomillashtirishga salmoqli hissa qo'shmoqda. Shuningdek, Irina Lizunova novosibirskliklarni O'zbekistonning o'ziga xos madaniyati, tarixi va ilm-fani, shuningdek, mamlakatimizning bugungi kundagi, jumladan, turizm sohasidagi taraqqiyoti bilan yana-da faolroq tanishtirish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshirmoqda.
"O'zbekiston turizm brendining Rossiyadagi elchisi etib tayinlangani nafaqat katta sharaf, balki mas'uliyatdir. Zimmamda Yangi O'zbekiston yutuqlarini butun Rossiya bo'ylab keng targ'ib qilishdek yuksak vazifalar yuklanganini yaxshi his qilayapman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi