Xitoyda O'zbekiston madaniy hordiq chiqarish bo'yicha eng yaxshi turistik yo'nalish sifatida e'tirof etildi
Mart 24, 2025. 12:11 • 2 daq
• 250
PEKIN, 24-mart. /"Dunyo" AA/. Xitoy poytaxtida "World Leisure Awards 2024" mukofoti g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Quvonarlisi, unda O'zbekiston 2024-yilda madaniy hordiq chiqarish uchun eng yaxshi yo'nalish deb topildi.

"Travel&leisure" nashri tomonidan tashkil etilgan tadbirda xorijiy diplomatik korpus, turizm sohasi mutaxassislari va Xitoy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Nashr bosh muharriri va asoschisi Syao Yan o'z chiqishida, O'zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega va mamlakat sayyohlar uchun eng qulay joylardan biri ekanini ta'kidladi. "O'zbekiston noyob arxitekturasi, tarixiy obidalari va sayyohlik imkoniyatlari bilan har yili butun dunyodan millionlab sayyohlarni faol jalb qilmoqda. So'nggi yillarda O'zbekistonga sayohat qilishni xohlovchi xitoylik sayyohlar soni ham ortib borayotgani, e'tiborlidir", dedi u.
Tadbir ishtirokchilari O'zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham tanishdilar. Davlatimiz rahbariyati tomonidan ko'rsatilayotgan e'tibor tufayli mamlakatimizda turizmning yangi yo'nalishlari rivojlanib, infratuzilma yaxshilanayotgani, O'zbekiston sayyohlik markazi sifatida e'tirof etilayotgani qayd etildi.
2025-yil Xitoyda "O'zbekiston Turizm yili" deb e'lon qilingani va ushbu yil doirasida mamlakatning turli shaharlarida madaniy tadbirlar o'tkazilayotgani ta'kidlandi. Ma'lum qilinganidek, xitoylik sayyohlarning O'zbekistonga oqimini ko'paytirish maqsadida ikki davlat o'rtasidagi havo qatnovlari soni ikki barobarga oshirildi.
Shuningdek, 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 1985-yildan buyon ilk bor Parijdan tashqarida, ya'ni Samarqand shahrida bo'lib o'tishiga urg'u berildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi