Eronlik fud-bloger O'zbekiston bo'ylab ijodiy safarga otlandi
Mart 15, 2024. 08:37 • 27 soniya
• 227
TЕHRON, 15-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatik missiyasi ko'magida taniqli eronlik fud-bloger, "mr.taster" taxallusi bilan tanilgan Hamid Sepidnamning yurtimizga ijodiy safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bloger mamlakatimizning gastronomik turizm salohiyati va milliy o'zbek oshxonasining jozibadorligi haqidagi materiallarni e’lon qilib bormoqda.
Safar davomida u Navro'z sayillari, bahoriy taomlarimiz — sumalak, ko'ksomsa, shuningdek, Samarqand noni va o'zbek palovini tayyorlash jarayonlari haqida maqola va videoroliklar tayyorlashni rejalashtirgan.
Eronlik blogerning yurtimiz bo'ylab safari 19-martga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi