Yapon telekanalida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan turkum ko'rsatuvlar namoyish etilmoqda
Iyul 26, 2024. 10:28 • 2 daq
• 265
TOKIO, 27-iyul. /"Dunyo" AA/. Yaponiyaning ommabop "Asahi TV" telekanalida O'zbekiston sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan ko'rsatuvlar efirga uzatilmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur loyiha O'zbekiston elchixonasi tomonidan Turizm qo'mitasi bilan hamkorlikda Yaponiyada mamlakatimizning turizm salohiyatini keng targ'ib qilish, yurtimizga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida ishlab chiqildi.
Joriy yilning 5-21-aprel "Asahi TV" telekanali ijodiy guruhining mamlakatimizga tashrifi amalga oshirildi.
Dastlab Samarqand shahrining turizm salohiyatiga bag'ishlangan maxsus son efirga uzatildi. Unda taniqli aktyor Keysuke Minami tomonidan Samarqandning tarixiy obidalari – "Registon" ansambli, "Bibixonim" masjidi va Siyob bozori, "Shohi Zinda" majmuasi haqida tomoshabinlarga so'zlab berildi. Shuningdek, Samarqandning zamonaviy qiyofasi, yangi barpo etilgan mehmonxonalar va turizm infratuzilmasi, ovqatlanish maskanlari haqida ham ma'lumotlar taqdim qilindi.
Ko'rsatuvning ikkinchi qismi Toshkent shahrining turizm salohiyatiga bag'ishlangan bo'lib, yapon jurnalistlari tomonidan poytaxtimiz Markaziy Osiyoning eng yirik va jadal suratlarda rivojlanib borayotgan shahri sifatida e'tirof etilgan.
Toshkent shahrida barpo etilgan zamonaviy binolar, jumladan "Hilton" mehmonxonasi, "Magic city" bog'i, "Tashkent city mall" savdo-ko'ngilochar markazi, "Beshqozon" osh markazi kabi muhim joylarga alohida e'tibor qaratilgan.
Toshkent metrosi bekatlarining o'ziga xosligi va takrorlanmas arxitekturasi xorijiy sayyohlarda juda katta taassurot qoldirishi urg'ulangan.
"Asada! Namadesu tabi sarada" ko'rsatuvning Buxoro shahrining sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan uchinchi sonida " Minorai Kalon" me'moriy majmuasi, Ark qal'asi, Somoniylar maqbarasi, Nodir Devonbegi madrasasi va Labi hovuz majmuasi, shuningdek Buxoro milliy taomlari haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, ushbu sonda o'zbek milliy hunarmandchilik san'atining o'ziga xos tomonlari ochib berilgan. Buxorodagi qadimiy temirchilik maktabi va unda tayyorlanayotgan laylak ko'rinishidagi qaychilar haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim qilindi.
Ko'rsatuvning Samarqand, Toshkent va Buxoro sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan maxsus sonlari yapon jamoatchiligi tomonidan iliq qabul qilindi.
Joriy yil avgust oyida mazkur ko'rsatuvning Xorazm va Farg'ona viloyatlari turizm salohiyatini targ'ib qilishga bag'ishlangan ikkita maxsus soni efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi
Polshaning Reda shahrida o‘zbek turizm sohasi eʼtirof qilindi
Nemis ekspertlari O‘zbekistondagi turizm imkoniyatlarini yuqori baholadi
Goada O‘zbekiston turistik salohiyati va milliy modasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi