Yaponiyaning Nara prefekturasi ma'muriyati binosida "Samarqand burchagi" tashkil etildi
Yanvar 17, 2025. 17:17 • 57 soniya
• 180
NARA, 17-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Yaponiyaning Nara prefekturasi ma'muriyati joylashgan binoning asosiy kirish qismida "Samarqand burchagi" tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Mazkur loyiha Yaponiya hududlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, O'zbekistonning turizm salohiyatini keng targ'ib qilish maqsadida Nara prefekturasi rahbariyati ko'magida amalga oshirildi.
Nara prefekturasi ma'muriyati binosi mehmonlar uchun har doim ochiq. U sayyohlar eng ko'p keladigan Nara bog'i yonida joylashgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 2024-yilda Nara bog'iga 18 millionga yaqin sayyoh kelgan.
"Samarqand burchagi"dan yapon tilida Samarqand va Nara hamkorligiga doir ma'lumotlarni o'zida aks ettirgan bannerlar, yurtimiz turizm salohiyatiga oid qo'llanmalar va o'zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari o'rin olgan.
"Nara prefekturasi va Samarqand viloyati o'rtasida hamkorlik aloqalariga bag'ishlab tashkil qilingan ushbu burchak mahalliy aholi vakillarida katta qiziqish uyg'otmoqda. Ular ikki hudud aloqalari, Samarqandning sayyohlik salohiyati va milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan yaqindan tanishyapti. Nara prefekturasi ma'muriyati binosi shahrimizdagi eng mashhur turizm obyektlari bilan bir hududda joylashgani sababli, ushbu ko'rgazma nafaqat mahalliy aholida, balki xorijiy sayyohlarga ham Samarqand shahri salohiyati bilan tanishish imkoniyatini taqdim etmoqda", - dedi Nara prefekturasining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori Tatsiya Xitomi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
Budapeshtda O‘zbekiston turizm imkoniyatlari bo‘yicha aksiya o‘tkazildi