Logo

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Madaniyat instituti O'zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirishga tayyor

Mart 17, 2024. 11:14 • 28 soniya

137
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Madaniyat instituti O'zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirishga tayyor

TEHRON, 17-mart./"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) Madaniyat instituti prezidenti Saad Xan bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Saad Xanning so'zlariga ko'ra, IHTning Madaniyat instituti O'zbekistonni mintaqadagi yetakchi mamlakatlardan biri sifatida e'tirof etadi va ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.


Mazkur yo'nalishda O'zbekiston bilan qo'shma madaniy tadbirlarni o'tkazish masalalari muhokama etildi.


Shuningdek, Saad Xan Shahrisabz 2024-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti deb e'lon qilingani munosabati bilan o'z tabriklarini izhor etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish