Logo

Polsha aviakompaniyasi 2024-yil aprel-iyun oylarida Varshava-Toshkent yo'nalishi bo'yicha haftasiga 4 marta parvoz amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Dekabr 23, 2023. 14:15 • 45 soniya

521
Polsha aviakompaniyasi 2024-yil aprel-iyun oylarida Varshava-Toshkent yo'nalishi bo'yicha haftasiga 4 marta parvoz amalga oshirishni rejalashtirmoqda

VARSHAVA, 24-dekabr. /"Dunyo" AA/. Varshava shahrida O'zbekiston diplomatlari Polshaning "LOT Polish Airlines" aviakompaniyasi prezidenti Mixal Fiyol bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Polsha tomonining ma'lum qilishicha, aviakompaniya 2024-yil mart oyidan Varshava va Toshkent o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri parvozlarni yo'lga qo'yadi.


Mixal Fiyol so'ziga ko'ra, kompaniya delegatsiyasining shu yil yozidagi O'zbekistonga tashrifi yakunlari bo'yicha Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, "Uzbekistan Airports" AJ hamda "Uzbekistan Airways" AJ vakillari bilan o'rnatilgan aloqalar o'z samarasini bermoqda.


Aviakompaniya prezidentining ta'kidlashicha, an'anaga ko'ra, birinchi reysda Polsha tashqi ishlar vaziri o'rinbosari, turizm vaziri o'rinbosari, parlament vakillari va boshqa rasmiy shaxslar O'zbekistonga keladi.


Ta'kidlanganidek, Varshava–Toshkent yo'nalishi bo'yicha parvozlarga talab yuqoriligini hisobga olib, 2024-yilning aprel-iyun oylarida parvozlar haftasiga 4 marta amalga oshiriladi. Shuningdek, Polsha aviakompaniyasi prezidenti yiliga jami 40 ming yo'lovchi tashish mumkinligini qayd etdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish