O'zbekiston elchisi Avstriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Noyabr 22, 2023. 09:12 • 42 soniya
• 1104
VЕNA, 22-noyabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Vena shahrida O'zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimovning Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Marosim doirasida elchining Avstriya Prezidenti bilan suhbati bo'lib o'tdi. Unda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Suhbat yakunida Avstriya Prezidenti elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning ushbu mas’uliyatli faoliyati Avstriya va O'zbekiston o'rtasidagi ko'p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.
Avval xabar qilganimizdek, elchi shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlash to'g'risidagi shartnoma tashkilotidagi O'zbekistonning doimiy vakili sifatida ham rasman akkreditatsiya qilingan edi.
O'zbekistonning yangi elchisi Avstriyaga tayinlanishidan oldin Nyu-York shahrida 2017–2023-yillar mamlakatimizning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi