Logo

O'zbekiston va Gambiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi

Mart 19, 2024. 10:58 • 48 soniya

1811
O'zbekiston va Gambiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi

NYU-YORK, 19-mart. /"Dunyo" AA/. Shu yil 14-mart kuni Nyu-York shahrida O'zbekiston va Gambiya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma kommyunike imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Gambiyaning BMTdagi doimiy vakili Lamine Dibba imzoladi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdilar.

Ikki tomonlama hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini topish bo'yicha o'zaro hamkorlikni faollashtirish to'g'risida kelishuvga erishildi.

Shu tariqa, G'arbiy Afrikada joylashgan Gambiya O'zbekiston bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan 148-davlat bo'ldi.

2024-yilning 6-mart kuni Nyu-York shahrida O'zbekiston va Beliz o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida Qo'shma kommyunike imzolangan edi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning 20-dekabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gambiya tashqi ishlar, xalqaro hamkorlik va chet eldagi gambiyaliklar ishlari bo'yicha vaziri Mamadu Tangara bilan uchrashgan edi. Muloqot chog'ida tomonlar ikki davlat o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish