Logo

O'zbekistonning birinchi elchisi Xorvatiya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Oktabr 25, 2024. 11:37 • 41 soniya

1249
O'zbekistonning birinchi elchisi Xorvatiya Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

ZAGREB, 25-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Xorvatiyadagi elchisi etib tayinlangan Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapesht shahrida) Xorvatiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi protokol boshqarmasi boshlig'i Mirta Yelens Jupanga o'zining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar turli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, madaniyat va ta'lim yo'nalishlarida o'zaro manfaatli aloqalarni chuqurlashtirish muhimligini qayd etdilar.

Mirta Yelens Jupan Oybek Shaxavdinovning ushbu lavozimga tayinlanishi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar rivojida yangi bosqich bo'lishiga ishonch bildirdi va unga o'zaro hamkorlikni mustahkamlash yo'lida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o'tamiz, Oybek Shaxavdinov ikki tomonlama munosabatlar tarixida O'zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi bo'ldi. U 2024-yil mart oyida O'zbekistonning Vengriyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish