Logo

O'zbekiston va Buyuk Britaniya moda sohasi uchun yangi ta'lim dasturlarini joriy etadi

Oktabr 29, 2025. 15:07 • 46 soniya

80
O'zbekiston va Buyuk Britaniya moda sohasi uchun yangi ta'lim dasturlarini joriy etadi

LONDON, 31-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida London moda kolleji (London College of Fashion, UAL)ning xalqaro hamkorlik bo'yicha direktori Shabir Aslam bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda moda ta'limini rivojlantirish, kreativ industriya sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va O'zbekistonda moda sohasi uchun yangi ta'lim dasturlari yaratish masalalari muhokama qilindi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda moda va dizayn sohasiga bo'lgan e'tibor ortib borayotgani, yosh dizaynerlar uchun zamonaviy ta'lim dasturlari joriy etilayotgani ta'kidlandi.

London moda kolleji va O'zbekistondagi tegishli ta'lim muassasalari o'rtasida mazkur yo'nalishda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish takliflar ko'rib chiqildi.

Shuningdek, O'zbekistonning boy madaniy merosi, milliy liboslari va an'analari, ayniqsa hozirgi zamon dizaynini uyg'unlashtirish orqali xalqaro moda maydonida milliy brendni shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Britaniya vakili London moda kolleji o'zbekistonlik dizaynerlar va talabalarga moda yo'nalishidagi ilg'or tajribalarni o'rgatish va malaka oshirishiga ko'maklashishiga tayyorligini ma'lum qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish