O'zbekistonda Latviya pochtasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
May 26, 2025. 09:57 • 47 soniya
• 111
RIGA, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Timur Rahmonov Latviyaning yangi tayinlangan transport vaziri Atis Shvinka bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston-Latviya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini yana-da rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Latviya tomoni O'zbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori sifatida ko'rishini ta'kidladi. Shuningdek, mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik faollashgani va ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi oshganini urg'ulandi.
– Rasmiy Riga transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor, – dedi vazir Atis Shvinka. – Latviyaning O'zbekistondagi elchixonasida transport masalalari bo'yicha attashe lavozimi ochilgani buning tasdig'idir. Biz o'zbekistonlik eksportyorlar va mamlakatlarimiz port infratuzilmasi o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga, shu jumladan, preferensiyalar berish masalalarida ko'maklashishga tayyormiz.
Uchrashuv davomida, shuningdek, "Uzbekistan Airways"ning Toshkent-Riga yo'nalishi bo'yicha parvozlari sonini oshirish, aviakompaniyalar o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Osiyo yo'nalishida qo'shma reyslarni ishlab chiqish, elektron tijoratni faollashtirish va mamlakatimizda Latviya pochtasi vakolatxonasini ochish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Pokistonning markaziy telekanallari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning yangi elchisi Rim Papasiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Britaniyaning nufuzli nashriyot uyi bilan hamkorlik o‘rnatiladi
Ekspertlar o‘zbek–xitoy munosabatlari istiqboli xususida fikr almashdi