Pokistondan munosabat: O'zbekiston fuqarolari mamlakat kelajagi uchun daxldorlik va mas'uliyatni chuqur his qilgan holda saylovda faol ishtirok etdi
Oktabr 31, 2024. 11:07 • 51 soniya
• 86
ISLOMOBOD, 31-oktabr. /"Dunyo" AA/. Xalqaro kuzatuvchi, Quaid-i A'zam universiteti siyosat va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Zafar Navaz Jaspal (Pokiston) "Dunyo" AA uchun intervyusida 27-oktabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston parlamenti saylovi haqidagi fikrlarini bildirdi:

–O'zbekistonda bo'lib o'tgan parlament saylovi xalqaro demokratik tamoyillarga mos ravishda, tashkiliy jihatdan yuqori saviyada o'tkazildi.
Fuqarolarning saylov huquqidan erkin va ochiq foydalanishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Mamlakat hududidagi barcha saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini tashkil etishda umumiy tashkiliy standartlar asosida ish tashkil etilgani e'tirofga loyiq.
Toshkent shahridan tashqarida joylashgan saylov uchastkalarida yaratilgan sharoit, u yerda siyosiy tadbirning borishi bilan shaxsan tanishish maqsadida 5 ta saylov uchastkasida bo'ldim. Ular poytaxtdagi ovoz berish punktlaridan hech bir jihatdan qolishmaydi.
Fuqarolar mamlakat kelajagi uchun daxldorlik va mas'uliyatni chuqur his qilgan holda o'zlarining saylov huquqlaridan foydalangani guvohi bo'ldim.
Bir so'z bilan aytganda, saylovda barcha qatlam a'zolarining faol ishtiroki ularning ertangi kunga ishonchi va bugungi ko'tarinki kayfiyatidan darak beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston parlamenti saylovi yakunlari Pokiston tahlil markazlari diqqat markazida