Britaniya neft-gaz korporatsiyasi O‘zbekiston bilan tizimli hamkorlikka tayyor

Март 23, 2026. 09:10 • 2 дақ

1437
Britaniya neft-gaz korporatsiyasi O‘zbekiston bilan tizimli hamkorlikka tayyor

LONDON, 23-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov "British Petroleum" transmilliy kompaniyasining xalqaro rivojlanish departamenti rahbari Maykl Denison bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida Britaniya kompaniyasi vakili joriy yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya hamda “BP” rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalarini yuqori baholadi. Taʼkidlanishicha, mazkur muloqot o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, keng ko‘lamli investitsiya va sanoat loyihalarini amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Britaniya tomoni energetika sohasida, jumladan uglevodorod resurslarini qidirish va qazib olish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishlarida O‘zbekiston bilan tizimli va uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekistonning investitsiya muhitini yaxshilash va energetika salohiyatini yana-da oshirishga xizmat qilishini qayd etildi.

Uchrashuv yakunida “BP” delegatsiyasining V Toshkent xalqaro investitsiya forumida yuqori darajada ishtirok etishga tayyorligi maʼlum qilindi. Bu esa ikki tomonlama hamkorlikni yana-da faollashtirish va yangi investitsiya kelishuvlarini ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lishi kutilmoqda.

Default Avatar

Материал муаллифи

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram каналига обуна бўлинг

Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

Каналга ўтиш