Germaniya Federal prezidenti 17-18-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Июнь 15, 2026. 14:32 • 2 дақ
• 62
TOSHKЕNT, 15-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rafiqasi hamrohligida 17-18-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston – Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadilar.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydigan hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Telegram каналига обуна бўлинг
Барча янгиликлар ва янгиланишлардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!
Сўнгги янгиликлар
Барчаси