O‘zbekiston diplomatlari Efiopiya va JAR vakillari bilan viza tartibini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi
Iyul 24, 2026. 11:00 • 51 soniya
• 181DOHA, 24-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Efiopiya tashqi ishlar davlat vaziri Xadera Abera va Janubiy Afrika Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar va hamkorlik departamenti vakili Sandive Fadana bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiyatchiligini soddalashtirish, viza olish jarayonini yengillashtirish hamda vizasiz tartib joriy etish istiqbollarini muhokama qildi. Fuqarolarning o‘zaro sayohatlari uchun yana-da qulay sharoitlar yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvlar yakunida viza tartibini yana-da soddalashtirish orqali turizm, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi

