O‘zbekistonning Efiopiyadagi birinchi elchisi mamlakat Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Iyun 24, 2026. 11:30 • 2 daq
• 188ADDIS-ABЕBA, 24-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Efiopiyadagi elchisi (qarorgohi Doha shahrida) Ashraf Xodjayev Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Taye Atske-Selassiyega ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Efiopiya Prezidenti O‘zbekistonning mamlakatdagi elchisi tayinlanganini mamnuniyat bilan qarshi oldi. U ikki tomonlama munosabatlarning izchil rivojlanishi va amaliy hamkorlikning yanada kengayishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston elchisi o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning eng ezgu tilaklari va samimiy salomini yetkazdi hamda o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Efiopiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yayotgani uchun minnatdorlik bildirdi va o‘zining ezgu tilaklarini yo‘lladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Efiopiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1996-yil 15-iyulda o‘rnatilgan.
Ashraf Xo‘jayev 2024-yil fevralidan buyon O‘zbekistonning Qatardagi elchisi hisoblanadi. U 2025-yil oktyabridan e’tiboran o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Janubiy Afrika Respublikasidagi elchisi sifatida ham akkreditatsiyadan o‘tgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




